O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida navbatdagi o’quv-seminar mashg’uloti o’tkazildi

Joriy yilning 12 oktabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Bosqinchilik va talonchilik jinoyatlarini tergov qilish uslubi, ushbu turdagi jinoyatlarni bir-biridan farqlash belgilari, bu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi raisi S.Ergashev, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.Mannonov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat filiali eksperti A.Raximov, Advokatlar palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi huquqiy maslahatchisi A.Sariqulov, “Jizzax advokatlari” advokatlik firmasi boshqaruvchisi R.Xudoyqulov va viloyat IIB EKB eksperti A.Nurmatovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi F.Boyto‘rayev “Bosqinchilik va talonchilik jinoyatlarini tergov qilish uslubi, ushbu turdagi jinoyatlarni bir-biridan farqlash belgilari, bu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar” mavzusida, A.Nurmatov esa “Bosqinchilik va talonchilikka oid jinoyat ishlari yuzasidan tayinlanadigan shaxsni portret identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari, ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollar” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar bosqinchilik va talonchilik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech