Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Bazarov Rustam Baxadirovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tergov departamenti yangi tayinlangan rahbarga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvafaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti