Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha inspektori Valixonov Otabek Xamza o‘g‘li egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tergov departamenti yangi tayinlangan rahbarga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvafaqiyatlar tilaydi.
Eslatib o‘tamiz muqaddam Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib borgan Djalilov Javohir Abdumajitovich, IIV Akademiyasi Oliy akademik kurslariga o‘qishga kirganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti