O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantin qoidalariga amal qilmaslik boʼyicha aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan karantin qoidalariga amal qilmaslik boʼyicha aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan  B А Y O N O T I

27.03.2020 yil soat 07:00 holatiga koʼra: respublika boʼyicha jami 3649 ta karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar aniqlanib, ushbu holatlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 462, 53, 54-moddalariga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mazkur huquqbuzarliklarning 
538 tasi Samarqand viloyati,
506 tasi Fargʼona viloyati, 
476 tasi Toshkent shahri,
415 tasi Jizzax viloyati, 
316 tasi Аndijon viloyati, 
281 tasi Namangan viloyati, 
276 tasi Buxoro viloyati, 
259 tasi Toshkent viloyati, 
221 tasi Surxondaryo viloyati, 
141 tasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 
104 tasi Navoiy viloyati, 
53 tasi Sirdaryo viloyati, 
52 tasi Xorazm viloyati,
11 tasi Qashqadaryo viloyati hisobiga toʼgʼri keladi.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning yoshi tahlil qilinganda, ularning 
55 nafari 18 yoshgacha
1577 nafari 18-30 yosh,
1381 nafari 31-50 yosh
hamda 636 nafari 50 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar tashkil qilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, mazkur huquqbuzarliklarning
3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bogʼliq,
117 tasi karantin hududini tashlab ketish bilan bogʼliq,
102 tasi sanitariya va epidemiya qoidalariga zid ravishda savdo faoliyatini davom ettirish bilan bogʼliq,
18 tasi marosim yoki yigʼin oʼtkazish bilan bogʼliq, 1 tasi ijtimoiy tarmoqlarda vahima chaqiruvchi yoki asossiz maʼlumotlar tarqatish
hamda 10 tasi boshqa sabab bilan bogʼliq aniqlangan huquqbuzarliklar hisoblanadi. 

Shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzilganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2571-moddasi bilan 3 ta jinoyat ishlari qoʼzgʼatilgan (Samarqand viloyati – 2 ta, Qoraqalpogʼiston Respublikasi – 1 ta) boʼlib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Text to speech