O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kiber jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Turkiya tajribasi

Bugungi kunda ichki ishlar organlari surishitiruv va tergov bo‘linmalari oldida turgan asosiy vazifa – tergov sifatini oshirish, ushbu sohada malakali xodimlarni tayyorlash, ularni doimiy ravishda o‘qitish va malakasini oshirib borish, amaliyotida tez-tez duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni chuqur tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Joriy yilning 28 noyabr kunidan 2 dekabr kuniga qadar davom etilishi ko‘zda tutilgan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun Turkiya davlatida tashkillashtirilgan kiber-jinoyatlarni o‘rganish o‘quv-seminar kursida o‘z malakalarini oshirishmoqda.

Bunday o‘quv kurslari tashkil etilishidan asosiy maqsad, tergov bo‘linmalari xodimlarini qayd etilgan kabi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malakalarini oshirish, birgalikdagi faoliyatlarning samaradorligini va tajriba almashishni oshirish, shuningdek, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi o‘zaro saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘llantirilgan.

Муаллиф: Бўлим бошлиғи

майор О.Х. Валихонов

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech