O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati Konimex tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 26 sentabr kuni Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Konimex tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 6 nafar fuqarolar qabul qilinib, shundan 4 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi va 2 tasi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, qabul jarayonida 16 yoshga to‘lgan 7 nafar yoshlarga fuqarolik pasportlari topshirildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech