Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son Qarori talablariga muvofiq, joriy yilning 17 sentyabr kunidan 21 sentyabr kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida Tergov departamenti, Malaka oshirish instituti hamda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida xizmat qilayotgan tajribali xodimlar tomonidan surishtiruvchi va tergovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, surishtiruv va dastlabki tergov olib borish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishdagi nazariy va amaliy yechimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan zarur bilim va tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra, o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 32 nafar surishtiruvchi va tergovchilarga Malaka oshirish institutining sertifikatlari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti