O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo'ldi. Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti, Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo'yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Prezidentimiz tashrif avvalida ishonch bildirganidek, oliy darajadagi samarali muzokaralar O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi. Shavkat Mirziyoev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga jo'nab ketdi.
Ovozli o‘qish
Saytda ovozli o‘qish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing