O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti xodimlari Zangiota ziyoratgohi va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining ma'naviy-madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 8 sentyabr kuni Tergov departamenti xodimlari Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurib, yodgorlik majmuasidagi maqbara, minora, masjid va Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabristonni ziyorat qilib, o‘tganlarning haqlariga duo qilishdi.

Shundan so‘ng, xodimlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida xodimlar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov hayoti va mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari aks ettirilgan san’at asarlari bilan tanishib, majmua xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Mazkur tashrif Tergov departamenti xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech