Navoiy viloyati Uchquduq tumanida sayyor qabul o'tkazildi!
Joriy yilning 20 noyabr kuni Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.Xasanov tomonidan Uchquduq tuman xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 14 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 8 tasi qanoatlantirildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari o’rganib chiqilib tegishliligi bo’yicha boshqa idoralarga yo’naltirilib, nazoratga olindi va 2 ta murojaat bo’yicha tushuntirish berildi.
Shu bilan birga qabul vaqtida 16 yoshga to’lgan 7 nafar fuqarolarga O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi, hamda 2 ta kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari polkovnik O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti