O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig’i tomonidan viloyatning Toyloq tumanida sayyor qabul o'tkazildi!

Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko’rsatmasiga asosan joriy yilning 23 noyabr kuni Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan Toyloq tuman musiqa kollejida Toyloq, Bulung’ur, Jomboy, Urgut tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 14 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 4 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi, 6 ta murojaatlar bo’yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari bo’yicha tushuntirish berildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech