Samarqand viloyati Samarqand shahrida sayyor qabul o'tkazildi!
Joriy yilning 16 noyabr kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.Ashrapov tomonidan viloyat yoshlar ittifoqining markaziy binosida Samarqand shahri bilan tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 17 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi, 8 ta murojaat bo’yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berilib, ijroga olindi va 3 nafar fuqaroning murojaati bo’yicha tushuntirish berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari polkovnik R.Ashrapov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti