Teatr – ma’rifat maskani
Joriy yilning 12 oktabr kuni Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari Namangan shahridagi “Alisher Navoiy” nomidagi musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi va teatr jamoasi tomonidan xodimlar uchun “Bog’bon qiz” nomli spektakl namoyish etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini boyitish yo‘lidagi mana shunday tadbirlarning doimiy ravishda o’tkazib borilishi xodimlarni soha faoliyatida haqiqiy xalqparvar etib tarbiyalashga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti