O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 13 sentabr kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Namangan tuman Xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi joyida qanoatlantirildi va 4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech