Namangan viloyati IIB binosida boshqarma rahbariyatining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularga amaliy yordam berish yuzasidan navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Qabul jarayonida fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatchilardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilinib, ularning masalalari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti