O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 01 fevral kuni Navoiy viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi mas'ulligida “Engil tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni ma'muriy javobgarlikdan farqlash, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumonlanuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, Navoiy viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbarlari va xodimlari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tumani sudining raisi F.F.Qaxxarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudining raisi A.Yu.Saydullaev, Navoiy viloyati prokuraturasining Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.S.Nosirov, Navoiy viloyat Sud–tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i T.Sh.Gamidov hamda hamda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Navoiy shahar «Baxs-Navoiy» advokatlar hayati advokati T.G‘.Samadovlar ishtirok etmoqdalar.

Seminar davomida “Engil tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni ma'muriy javobgarlikdan farqlash, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumonlanuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida suhbat olib borildi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom yettirilib, ishtirokchilar yengil tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni ma'muriy javobgarlikdan farqlashning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom yettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech