O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati Navbahor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 31 oktabr kuni Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Qiziltepa tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 14 nafar fuqarolar qabul qilinib, shundan 10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 2 nafar fuqarolarning murojaatlari bo’yicha qo’shimcha tekshiruv tayinlandi va nazoratga olindi va 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Shu bilan birga qabul jarayonida 10 nafar 16 yoshga to’lgan yoshlarga va bir nafar Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisiga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech