O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi fuqarolar qabuli tashkillashtirildi

Har bir fuqaroning  huquq va erkinliklarini ta’minlash,  murojaatlarini tinglash, ularga huquqiy yordam berish hamda muammolarini qonuniy hal etish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Mazkur qabul davomida jami 103 ta murojaat kelib tushdi. Ularning  66 tasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi,18 tasi kadrlar masalalari hamda 16 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.

Tergov yo‘nalishiga oid murojaatlarning 17 tasi (26 foizi) qabul jarayonining o‘zida hal etildi, 14 tasi (21 foizi) yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 35 ta murojaat (53 foizi) qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etganligi sababli mas’ul rahbar va xodimlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur turdagi qabullar kelgusida ham tizimli ravishda tashkil etib boriladi.

Tergov departamenti

Text to speech