O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi “Xalq xizmatida” rukni

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga Ichki ishlar organlari rahbar xodimlari taklif etilib, o‘quvchilarga Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari faoliyati haqida maʼlumotlar berilib kelinmoqda.

Navbatdagi “Xalq xizmatida” rukni ostidagi uchrashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik A.Utemuratov bilan bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarga hozirgi kunda Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar, tergov tizimida bo‘lib o‘tgan islohotlar haqida maʼlumot berilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib javob oldilar.

Text to speech