O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida navbatdagi o’quv-seminar mashg’uloti o’tkazildi

Joriy yilning 26 oktabr kuni Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Bezorilik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudyasi N.Rasulov, ma’muriy ishlar bo‘yicha Andijon shahar sudi raisi A.Shermatov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori D.Raxmanov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon viloyat filiali boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi A.Yuldashev, Advokatlar palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi advokati D.Madragimovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Qaxxorov “Bezorilik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar bezorilik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech