O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv-seminar

Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida “Dastlabki tergov va surishtiruv organlari tomonidan jinoyat ishlarini yuritishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va mavjudlarini bartaraf etish” mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, prokuratura va ichki ishlar organlarining tergov xizmati hamda shahar-tumanlardagi xodimlari esa onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar jinoyat protsessida inson huquq va erkinliklarini to‘la taʼminlash, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoyalash, jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Shuningdek qonunni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etishda dastlabki tergov va surishtiruv organlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l quymaslik chora-tadbirlarini belgilab olish va sudlar tomonidan tergov hamda surishtiruv organlariga nisbatan chiqarilgan xususiy ajrimlar, dalillar maqbulligi hamda oqlov hukmi chiqarilgan ishlar muhokama qilindi.

Seminar mashg‘uloti yakunida yuqorida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli manzilli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech