Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida amaliy seminar tashkil etildi
Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida sud-huquq sohalarida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda dastlabki tergov olib borish bo‘yicha amaliy–seminar tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi respublika sud-ekspertiza markazi boshlig‘i va mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan sudga oid ekspertizalarning bugungi kundagi imkoniyatlari, amalga kiritilgan yangi ekspertiza turlari va ularning ahamiyati bo‘yicha muhim maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbir so‘ngida xodimlar tomonidan ekspertizalar tayinlash bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Shuningdek, kelgusida sohani yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar kiritildi.