Navoiy viloyati ichki ishlar organlari tergov tizimlarida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan faxriylar 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklandi
Tergov tizimida ko‘p yillar davomida samarali va fidoiy xizmat qilgan faxriylar xonadoniga tashrif buyurildi. Bayram munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda tizim rivojiga ulkan hissa qo‘shgan soha faxriylariga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropovning bayram tabrigi yetkazildi.
Tashrif davomida ko‘p yillik boy tajribaga ega ustozlarning bugungi yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda tergov sirlarini o‘rgatishdagi o‘rni alohida e’tirof etilib, faxriylarga bayram sovg‘alari topshirildi.
O‘z navbatida, soha faxriylari ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinchligi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli xizmatlariga muvaffaqiyat tiladilar.
Tergov departamenti