O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shoxrux Sharipov raisligida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ularning quyi bo‘linmalarining 2023 yil 9 oylik ish yakunlari hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda  sohaviy xizmat rahbarlarining joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga alohida to‘xtatilib, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal etilishini taʼminlash, fuqarolikni rasmiylashtirish va pasport viza masalalarida ortiqcha ovvoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada murojaat etuvchilarga imkon darajasida shart-sharoitlar yaratish, jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga qatʼiy amal qilish, fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish ahvolini yana-da yaxshilash, fosh etilmay qolayotgan jinoyatlar bo‘yicha jinoyatchilarni aniqlashga qaratilgan sohaning boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etib, jabrlanuvchilarni o‘z vaqtida jinoyat ishi holati bilan xabardor etib borish va shu kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilib, kelgusida bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish so‘nggida, xizmat faoliyati davomida bir qator ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblari orasida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etilib, ularga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda topshirildi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech