Navoiyda oliygoh talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish borasidagi targ‘ibot- tashviqot ishlari doirasida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Navoiy davlat pedagogika institutining talabalari bilan uchrashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, sodir etilayotgan qonun buzilish holatlarining aksariyatida yoshlar, shuningdek talabalar borligi, bu esa har birimizni mulohazaga chorlovchi mavzu ekanligini taʼkidladi.
Yoshlar o‘rtasida sodir etilyotgan jinoyatlar jumladan firibgarlik, o‘g‘rilik va terrorizm kabilarni hamda kiberjinoyatlarini oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ota -onalarga esa farzandi tarbiyasi hamda taʼlim olish jarayonlarini nazorat qilib borishlari aytildi. Tadbir so‘ngida jinoyatchilikning oqibatlari aks etgan flayer va bukletlar tarqatildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati