Firibgarlikning qurboniga aylanib qolmang!
Bugungi kunda Tergov departamenti tomonidan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, fuqarolarni firibgarlik jinoyati qurboniga aylanib qolishlaridan saqlash maqsadida, Tergov departamenti tomonidan “Firibgarlikning qurboniga aylanib qolmang!” nomli buklet ishlab chiqilib, hududiy tergov boshqarmalari va ularning quyi tizimlari orqali fuqarolarga tarqatilishi ta’minlandi.
Bu esa fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali, ularni firibgarlik jinoyatlarining qurboniga aylanib qolishlaridan saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.