Temir yo‘ldagi baxtsiz hodisalar.
Namangan. 2020 yil 10 yanvar kuni soat 12:25 larda mashinist 35 yoshli Sh.Sh. boshqaruvidagi yuk poezdini 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasi hududidan o‘tuvchi “Chortoq-Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96 km. 2-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2 guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.
Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
----------
Samarqand. 2020 yil 10 yanvar kuni soat 20:50 larda mashinist R.G. boshqaruvidagi 7-sonli “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poezdini “Zarafshon-Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710 km. harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan.
Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belginlangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti