O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

E'LON

     Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqaro M.M.Y. (xalq orasida Murodboy ismi bilan tanilgan) va Yangiyo‘l tumanida ta’sis etilgan “ERKIN AVTO DILLER” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

      Agar Siz fuqaro M.M.Y. (“Murodboy”), “ERKIN AVTO DILLER” MCHJ mansabdor shaxslari va ularning jinoiy sheriklariga uy-joy, avtomashina, tilla taqinchoq, yirik va mayda shohli qoramol yoki boshqa moddiy qimmatliklarni topshirib, ularning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamenti tomonidan quyidagi manzillarda tashkil qilingan tergov guruhi shtablariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

1. Yangiyo‘l shahar texnologiya va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji. Manzil: Toshkent viloyat, Yangiyo‘l shahar, Ramadon MFY, Samarqand ko‘chasi, 140-uy. Murojaat uchun telefon: (93) 186-59-14 

2. Chinoz tuman qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji. Manzil: Toshkent viloyat, Chinoz tuman, Afg‘on MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon: (97) 783-05-01  

3. Baxt shahar yengil sanoat kasb-hunar kolleji. Manzil: Sirdaryo viloyat, Sirdaryo tuman, Baxt shahar, Ishonch mahallasi, Ulug‘ yo‘l ko‘chasi, 130-uy. Murojaat uchun telefon: (99) 474-30-07

4. Jizzax viloyat Forish tuman Ichki ishlar bo‘limi. Manzil: Forish tuman, Bog‘don shaharchasi, N.Malikov ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon: (72) 452-12-02

5. Jizzax viloyat Do‘stlik tuman Ichki ishlar bo‘limi. Manzil: Do‘stlik tuman, Do‘stlik shahar, Do‘stlik ko‘chasi, 17-uy. Murojaat uchun telefon: (72) 335-42-39

6. Jizzax viloyat Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi. Manzil: Jizzax shahar, Olmazor mahallasi, R.Isaev ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon: (72) 226-76-22

   Markazlashgan tergov guruhi shtabi Vazirlik huzuridagi Tergov departamentida tashkil qilingan. Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tuman, Yunus Rajabiy ko’chasi, 1-uy.

   Markazlashgan tergov guruhi rahbari: Tergov departamenti o’ta muhim ishlar bo’yicha tergovchisi Raxmatullayev Ma’murjon Talgatovich. Murojaat uchun telefon: (99) 878-40-70, (71) 231-36-23

O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech