“Tergov amaliyoti” jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti “Tergov amaliyoti” ilmiy – amaliy jurnalida chop etiladigan ilmiy maqolalar qo‘lyozmalariga qo‘yiladigan minimal talablar
Tahririyatga taqdim etiladigan qo‘lyozmalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
dolzarb muammolarga bag‘ishlanishi, ilmiy tahlil va bahs - munozaralar bo‘lishi;
tegishli hollarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ilmiy rukunning mavjudligi;
material nazariy va metodologik jihatdan puxta, keltirilgan statistik maʼlumotlar, ijtimoiy so‘rov natijalari ishonchli va to‘g‘ri, xulosa, taklif va tavsiyalar asosli bo‘lishi;
maqolada ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lmagan maʼlumotlar bo‘lmasligi.
Annotatsiyada maqolaning maqsadi, mazmun - mohiyati, tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan ilmiy usullar, olingan asosiy natijalar qisqacha (4 - 6 jumla bilan) bayon etiladi.
Maqola faqat elektron shaklda taqdim etiladi.
Maqola matni Microsoft Office Word matn muharririda “Times New Roman”
14 shriftida, annotatsiya va havolalar 12 shriftda terilgan, sahifa o‘lchami - A4
(210mm x 297 mm), yuqori va pastdan qoldiriladigan hoshiyalar - 20 mm, chap tarafdan - 30 mm, o‘ngdan - 15 mm, satrlar oralig‘i - bir yarim interval, xat boshi (abzas) - 1 sm, tekislash - sahifa kengligi bo‘yicha shakllantiriladi. Hajmi 8 - 10 bet bo‘lishi
(20 000 belgidan oshmasligi) tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlarga oid maʼlumotlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar to‘liq javobgar hisoblanadi. Bibliografik havolalar raqamlangan bo‘lib, matnda kvadrat qavs ichida adabiyotlar ro‘yxatiga muvofiq keltiriladi: agar butun adabiyotga havola qilinsa [1], tegishli sahifasiga havola qilinsa [1, B.3 - 4] shaklida berilib, bibliografik maʼlumotlar maqola oxirida foydalanish ketma - ketligi tartibida 12 shriftda, tegishli davlat standartlari bo‘yicha keltirilishi kerak.
Maqolada ko‘pi bilan uchta chizma, surat, diagramma, jadval va boshqa grafiklar berilib, bevosita maqola matnida bayon mantig‘iga muvofiq joylashtirilishi hamda alohida faylda ham taqdim etilishi lozim. Rasmlarning elektron variantini *.jpg formatda (kamida 300 dpi) taqdim etish, jadvallarni ketma - ket raqamlash zarur.
Elektron shakldagi fayl nomi maqola muallifi (birinchi muallifi)ning familiyasiga mos kelishi zarur. Masalan, ToirovLosx, grafikli fayllarning nomlanishi esa rasmning raqami, muallifning familiyasi va boshqa maʼlumotlar bo‘yicha (masalan: “Toirov. Rasm^r^‘, “Toirov. Diagramma 3.jrg”) tarzida beriladi.
Maqolaga ilova qilinadigan hujjatlar (PDF shaklda):
kafedra majlis bayonidan ko‘chirma (agar muallifning ish joyida mavjud bo‘lsa) (kafedra boshlig‘i va kotib tomonidan imzolanib, tasdiqlangan, yo‘nalishi yoki mutaxassislik kodi va nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim) yoki muallif ishlaydigan muassasa rahbarining maqolani nashrga tavsiya etishi haqidagi yo‘llanma xati;
matnda ochiq matbuotda eʼlon qilish man etilgan maʼlumotlar yo‘qligini tasdiqlovchi (muassasaning gerbli muhri bosilgan) ekspert xulosasi;
tegishli soha bo‘yicha ilmiy malakaga (imkon qadar fan doktori darajasiga) ega mutaxassis tomonidan tayyorlangan va belgilangan tartibda tasdiqlangan ikkita taqriz (taqrizchilarning F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni, imzosi va imzolangan sanasi ko‘rsatilishi shart);
muallif(lar) to‘g‘risida qisqacha maʼlumot - o‘zbek, rus va ingliz tillarida ismi sharifi (to‘liq), ish joyi (tashkilotning nomi va yuridik manzili), egallab turgan lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, aloqa uchun maʼlumotlar (telefon raqamlari, elektron pochtasi yoki telegram manzili) va pasport nusxasi.
Tahririyat maqolalarni tahrir qilish va qisqartirish huquqiga ega. Maqolani nashr etish haqidagi qaror jurnal Tahrir hayʼati tomonidan qabul qilinadi.
Maqola qo‘lyozmasi va ilova hujjatlarining elektron variantlari quyidagi manzil bo‘yicha yuborilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 1-uy. Indeks: 100029. Tel. +998712313536
Quyidagi holatlarda maqola nashrga qabul qilinmaydi:
maqola yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmasa;
birovning ilmiy fikr, xulosa va qarashlari o‘zlashtirilgan bo‘lsa (plagiat);
Tahrir hayʼati va ekspertlar tomonidan nashrga tavsiya etilmasa.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti