Ekspert-kriminalistika sohasida o‘zaro tajriba almashildi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i polkovnik N.Galipshin Rossiya Federatsiyasi IIV vakili E.Fedotov hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasining ikkinchi kotibi I.Prokopenko bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o‘qotar qurollarning o‘q-gilzateka laboratoriyalari va DNK ma’lumotlar bazalarini jihozlash va yuritishdagi Rossiya Federatsiyasi IIVning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan Rossiya Federatsiyasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi bilan ekspert-kriminalistika faoliyatiga oid ikki tomonlama memorandum imzolanishi imkoniyatlari yuzasidan taklif bildirildi. Shuningdek, mazkur tadbir jarayonida tomonlarni qiziqtiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.