“Odam savdosi jinoyatini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-seminarda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlarining ham ishtiroki taʼminlandi hamda “Odam savdosi jinoyatini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik D.S.Rasulov va “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruv raisi Sh.A.Raupova tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti