O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdagi yangi yondashuv

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishda ko‘maklashish dasturi 10-bosqichi (BOMKA-10) doirasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish vaqtida hodisa joyini 3D modelini yaratish orqali ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va buyumlarni asl holaticha muhrlab qolish hamda tergov samaradorligini oshirish maqsadida BOMKA-10 dasturi tomonidan 3D skaner uskunalari taqdim qilingan.

Joriy yilning 10-12-mart kunlari 3D skanerdan foydalanish bo‘yicha chet-el mutaxassislarini jalb qilgan holda ichki ishlar organlarining bir qator xodimlari uchun o‘quv-amaliy kurslar o‘tkazildi.

O‘quv kurslari davomida qatnashchilar uskunaning imkoniyatlari, uni ishlash mexanizmlari  va hodisa sodir bo‘lgan joyni 3D modelini yaratish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi Tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech