Rasmiy ma'lumot
Avval xabar berganimizdek, 2019 yil 11 noyabr kuni taxminan soat 08:30 larda Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, "Surum" MFY hududida joylashgan, namunali uylarning birida kelib chiqqan yong‘in natijasida 2 nafar shaxs vafot etgan. Yong‘in is gazi sizib chiqishi sababli to‘planib qolgan gaz aralashmasi portlashi oqibatida kelib chiqqan.
Mazkur xonadonda yashovchi 36 yoshli K.R. va qaynonasi 65 yoshli Q. M. hodisa joyida vafot etgan
Shuningdek, portlash natijasida, K.R.ning turmush o‘rtog‘i 34 yoshli P.X., va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti