Sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 21 sentyabr kuni Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan Ohangaron shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi va 4 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat hamda tushuntirishlar berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti