Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha galdagi vazifalar belgilandi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 noyabr kuni farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan taʼminlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmogʼini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Sogʼliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi. Tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini roʼyxatdan oʼtkazish muddati qisqartirildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar xomashyo va texnologik uskunalarni import qilishda bojxona toʼlovlaridan ozod etildi.
Bularning natijasida soʼnggi ikki yilda 41 ta yangi farmatsevtika korxonasi tashkil etilib, jami korxonalar soni 191 taga yetdi. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmi oʼtgan yilgiga nisbatan 1,5 barobarga oʼsdi.
Farmatsevtikaga ixtisoslashgan 8 ta erkin iqtisodiy zonada qiymati 84 million dollarlik 18 ta yangi quvvat ishga tushirilib, 600 turdagi dorilar va 50 dan ortiq tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.
Lekin bu quvvatlar hali yetarli emas, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining assortimenti ham tor. Shu bois ichki bozor ehtiyojlari toʼliq qondirilmayapti va import qilishga toʼgʼri kelyapti.
Mamlakatimiz farmatsevtika bozori 1 milliard dollardan ziyod boʼlib, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasi yuqori emas. Dori vositalari harakatining toʼliq siklini kuzatish – markirovka tizimi joriy etilmagani oqibatida ularning sifati va narxini nazorat qilish qiyin kechmoqda. Masalan, oʼtgan ikki yilda yurtimizga sifat standartiga javob bermaydigan 123 milliard soʼmlik dori-darmonlarni olib kirish holatlari aniqlangan.
Bunday sharoitda aholi salomatligini muhofaza qilishning eng ishonchli va samarali yoʼli – diyorimizda yetishtirilgan tabiiy toza, dorivor oʼsimliklar asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish koʼlamini kengaytirish.
Yigʼilishda Prezident Shavkat Mirziyoev yigʼilishda ana shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratib, aholi va sogʼliqni saqlash muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va texnikalari bilan taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
2025 yilgacha ichki bozorda dori vositalari isteʼmol hajmining kamida 50 foizini mahalliylashtirish, jumladan, oʼzlashtirilgan dori nomlarini hozirgi 2,5 mingdan 4 mingtaga yetkazish uchun imkoniyatlar yetarli ekani taʼkidlandi.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi turdagi mahsulotlar roʼyxatini shakllantirib, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyaning yirik farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.
Mutasaddilarga yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish hamda sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy taʼlim dargohi filialini tashkil qilish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Moliya vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligiga dorilarni maxsus markirovkalash va harakatini nazorat qilish boʼyicha dasturiy taʼminot yaratib, 2020 yil yakuniga qadar amaliyotga joriy etish topshirildi. Bu kontrafakt dori vositalari aylanishiga chek qoʼyish va dorilarga boʼlgan real talabni “onlayn” ravishda kuzatib borish imkonini beradi.
Mamlakatimizdagi tarmoq korxonalarida Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan GMP standarti joriy qilinmoqda. Аholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida, import qilinayotgan xorijiy dori vositalarini roʼyxatga olishda ham mazkur standartga muvofiqligini majburiy tekshirish tartibini oʼrnatish boʼyicha tavsiyalar berildi.
Yigʼilishda yana bir muhim masala – sogʼliqni saqlash muassasalarini arzon va sifatli dori-darmonlar bilan toʼliq taʼminlash holati koʼrib chiqildi. Bu borada shaffoflik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida endilikda davlat tibbiyot muassasalari uchun dorilar xaridi, ularni saqlash va yetkazib berish yangi tartibda amalga oshirilishi belgilandi.
Yaʼni, Sogʼliqni saqlash vazirligi markazlashgan xaridlar boʼyicha tenderlar tashkil etadi va xaridlar shaffofligini taʼminlaydi. Tender gʼoliblari dori vositalarini markazlashgan xarid qilish, saqlash va davlat tibbiyot muassasalariga yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiradi.
Dori vositalari bozorida korruptsiyani bartaraf etish, sogʼlom raqobat muhitini rivojlantirish, ijtimoiy dorixonalarni sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish, xalqqa yetkazish muhimligi taʼkidlandi.
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha besh yillik kontseptsiya ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.
Yigʼilishda muhokama qilingan masalalar boʼyicha mutasaddilarning axboroti eshitilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.