
Italiya tajribasi o‘rganilmoqda
Joriy yilning 24-28 mart kunlari Rimda o‘tkazilgan kiberjinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy tergov forumida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining tergovchilari ishtirok etmoqda. Forumning maqsadi Yevropa davlatlarining kiberjinoyatlarni tergov qilish sohasidagi boy tajribasini o‘rganish va ushbu tajribani O‘zbekistondagi tergov faoliyatiga joriy qilishdir.
Forumda ishtirokchilarga kiberjinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni olib borish taktikalari va usullari haqida mutaxassislardan ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borish rejalashtirilgan. Bu mashg‘ulotlar ishtirokchilarga jinoyatlar va ularni aniqlashdagi yangi yondashuvlarni qo‘llashga yordam beradi.
Forumning eng muhim jihatlaridan biri bu – Italiya davlatining tergov organlari bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ldi.
Bundan tashqari, Italiya davlatidagi hamkasblarning tarkibiy bo‘linmalari va moddiy-texnik boyliklari bilan tanishish, bu sohadagi ishlashning samaradorligini ko‘rish va jinoyatlarning aniqlanishi hamda ularga nisbatan qabul qilingan yondashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratildi. Bu forumda olingan tajribalar O‘zbekistondagi tergov organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlar sifatida ko‘rish mumkin.
Shuningdek, forum yakunida to‘plangan tajriba va bilimlarni Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga o‘rgatish rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti