O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasini oshirish tergov sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-son Qaroriga asosan ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda tergov bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2019 yil 10 avgust kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik D.B.Tashxodjayev tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminarlari rejasiga asosan joriy yilning 14 sentyabr kuni Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, voqea joyini ko‘zdan kechirishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan holatlar, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov sabablari” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, Ekspert-kriminalistika bosh markazi xodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi bosh mutaxassisi D.Izzatov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Olimov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi o‘qituvchisi J.Majidov, Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazi Sud avtotexnika bo‘limi mudiri Q.Umidillayev, Advokatlar palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Nishonovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida J.Majidov “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida, Q.Umidillayev “Yo‘l-transport hodisalari yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar” mavzusida, Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Nematjonov esa “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov sabablari” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, voqea joyini ko‘zdan kechirishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan holatlar, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning echimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech