O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpogʼiston Respublikasi “Yoshlar markazi” da navbatdagi oʼquv seminar mashgʼuloti oʼtkazildi

2021 yil 29 mart kuni, Jinoyat ishlari boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining raisi G.J.Bazarbaeva, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari polkovnik M.T.Raxmatullaevlar boshchiligida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpogʼiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʼyicha YOʼL XАRITАSI”ning tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash hamda xodimlarni bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida Nukus shahar “Yoshlar markazi”da Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining sudьyalari va tuman-shahar sudining raislari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi prokuraturasi tergovchilari va boʼlim prokurorlari hamda IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari tergovchi hamda surishtiruvchilari ishtirokida qonunga kiritilgan oxirgi oʼzgartirish va qoʼshimchalar hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan oʼquv seminar mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.


Shuningdek, Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari tergovchi hamda surishtiruvchilarining sudlarda amaliyot oʼtash tartibi va natijalari, surishtiruvchi hamda tergovchilarning tajriba, koʼnikmalarini oshirish va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.


Oʼquv mashgʼulotida tergov xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mashgʼulot qizgʼin muhokama va mulohazalarga boy boʼldi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech