O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan «Payshanba profilaktika kuni» munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 08.03.2025-yildagi «Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 15/11-son Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi sabablari, ayniqsa kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob oldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech