O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida ikkinchi chorak yakuni sarhisob qilindi

Joriy yilning 16 iyul kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2021 yil 6 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Har bir xodim «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!» konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchi va ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «faxriy yorlig‘i», yangi tahrirdagi jinoyat, jinoyat-protsessual va maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, Tergov departamenti ramzi tushirilgan qo‘l soatlari va bloknotlar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 03.07.2021 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan badiiy kitoblar hamda boshqada esdalik sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech