O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida ikkinchi chorak yakuni sarhisob qilindi

Joriy yilning 23 oktyabr kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratov raisligida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2023 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Har bir xodim «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish -  oliy burchimiz!» konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh surishtiruvchi va tergovchilarga Tergov departamenti ramzi tushirilgan esdalik qo‘l soatlari va bloknotlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech