O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar dam olish kuni I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyini tomosha qilishdi

Joriy qilning 18 iyun kuni yaʼni dam olish kunini maroqli o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida Nukus shahrida joylashgan I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyini oila aʼzolari bilan birgalikda tomosha qilishdi.

Mazkur muzey O‘zbekistondagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan va 1984 yildan Saviskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga Saviskiyning saʼy-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni – 6,9 ming kvadrat metr.

Muzey uchta alohida binodan iborat. Ikkita binoda ko‘rgazma tashkil etilgan. Bitta bino esa muzey zahirasidagi eksponatlar saqlanadigan bino.

Muzeyda xalq amaliy sanʼati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm sanʼati, 1920–1930 yillar o‘zbek va rus tasviriy sanʼati, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-maʼrifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming kitob), jamg‘arma hamda taʼmirlash ustaxonasi bor. Muzeyda 100 mingga yaqin eksponat mavjud.

Muzeyni noyob eksponatlarga boyligi uchun xorijda «Sahrodagi Luvr» deyishadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech