O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning sohaga oid muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari ta’minlandi. Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech