T A B R I K
"14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni" yurtimizda o‘zgacha bir kun! Ushbu kunda Vatanimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida tunu-kun xizmat qilib kelayotgan mard va jasur himoyachilarga, fahriylarga hamda o‘zining fuqarolik burchini vijdonan bajarib kelayotgan insonlarga chuqur hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.
Vatanimizning tinchligi va barqarorligi tabiiyki, fuqarolarimizning jasorati, sadoqati va shu yurtga bo‘lgan mehriga asoslanadi.
Bugun ayollarimiz tomonidan erkaklardagi masʼuliyat, kuch, jasorat va o‘ziga ishonch kabi fazilatlari qadrlanadigan bayramdir.
Hurmatli Vatan himoyachilari, ushbu bayramda barcha qiyinchiliklar unutilib, faqatgina farovonlik timsoli bo‘lgan, sog‘liq, baxt, omad va ertangi kunga bo‘lgan ishonch Sizlarga hamrox bo‘lsin!
Aziz Vatanimiz posbonlari, Siz va yaqinlaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz!Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti!!!