O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

G‘alaba muborak!

Joriy yilning 19-24 noyabr kunlari Fransiyaning Nant shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha «Gran-pri» turniri bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakili – Toshkent shahar Yunusobod tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant Faxriddin Sharipov shohsupaga ko‘tarilgani quvonarlidir. Faxriddin Sharipov keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasbimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech