O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oliy Majlis Senati Raisi Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etmoqda

Yaponiya hukumati taklifiga binoan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tantanali tadbirda ishtirok etmoqda. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Bugun Imperator Naruxito rasman taxtga o‘tirdi. Taxtga o‘tirish marosimi Tokioda o‘tkazildi.

Tantanali tadbir Imperatorning  muhtasham saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda qariyb 2 ming nafar mehmon, shu jumladan 180 ta mamlakatning davlat rahbarlari va vakillaridan iborat 400 kishi, shuningdek Yaponiya Bosh vaziri, mamlakat parlamenti ikkala palatasi rahbarlari ishtirok etdi.

Yangi imperator taxtga o‘tirishi bilan Yaponiyada yangi “Reyva” – Go‘zal Uyg‘unlik erasi boshlandi. Yaponiyada imperator mamlakat va xalq jipsligi ramzi hisoblanadi, uning maqomi esa xalq xohish-irodasi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech