O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda soha faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan 2022 yil 24 fevral (payshanba) kuni, soat 16:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Internet makonida sodir etilayotgan jinoyatlarni hamda firibgarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Unda Ichki ishlar vazirligining Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi hamda Tergov departamentining masʼul xodimlar ishtirok etib, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.
Tadbirga, barcha OAV vakillari, blogerlar hamda sohaga qiziqish bildirgan fuqarolarimiz taklif etiladilar. Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etish istagini bildirganlar, o‘zlari bilan shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki pasport) bilan kelishlarini iltimos qilamiz.
IIV Axborot xizmati