Qirg‘iziston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar qiladi: IIVda Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Mirlan Kanimetov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuxamedov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
2019 yil 15 may kuni Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, militsiya polkovnigi Mirlan Kanimetov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. SHuningdek, mazkur uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi IIV Huquqiy ta’minlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i militsiya polkovnigi Mirlan Karachalov Mirlan, Qirg‘iziston Respublikasi IIV Kriminal militsiya xizmati boshlig‘i, militsiya polkovnigi Nurbek Abdiev, Qirg‘iziston Respublikasi IIV Narkotiklarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, militsiya polkovnigi Kudiritila Oxunov qatnashdi.
Uchrashuvda hamkorlikning muhim jihatlari, ya’ni narkotik vositalarini noqonuniy aylanishi, xalqaro diniy ekstremizm, kiberxatar va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishni kuchaytirish bo‘yicha birlashish va muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mirlan Kanimetovning ta’kidlashicha, har qanday davlatning xotirjam yuksalishi o‘zagida ushbu xalqning hayot maromi xavfsizligini ta’minlash turadi. SHundagina xavfsiz davlatda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va investitsiyaviy ravnaq haqida gapirish mumkin.
Kelgusida yaqin hamkorlikdagi masalalar yuzasidan ham fikrlar almashildi. Tomonlar kelgusida hududiy bo‘linmalarning tezkor xizmatlari rahbarlari ishtirokida muvofiqlashtirish uchrashuvlarini o‘tkazishni ham kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Mirlan Kanimetov xayrixoh munosabat kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga va rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.