O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oliy ta’lim tizimini “Korruptsiyasiz soha”ga aylantirish - dolzarb vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov ma’ruza qildi.

Seminarda oliy ta’lim tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan, bu borada qabul qilingan «Yo‘l xaritasi» 7 ta bo‘limni, ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni o‘z ichiga olgan va 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangan. Qolaversa, vazirlik «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil bayon qildi.

Tadbir so‘ngida bu muhim masalada belgilangan vazifalarni barcha mas’ul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tizimning butun salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

 

Text to speech