Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24-aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga jo‘nab ketdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
Davlatimiz rahbari u yerda “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.